|
Olima ayollar anjumani |
|
|
24.02.2010 |
O‘zA, M.Sulaymonov
Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Farg‘ona politexnika institutida “O‘zbekistonda ilm-fan va texnika taraqqiyotida olima ayollarning tutgan o‘rni” mavzuida respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Farg‘ona viloyati xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligida tashkil etilgan mazkur anjumanda Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ilm-fan sohasida mehnat qilayotgan olima ayollar, aspirant va magistrantlar, a’lochi o‘quvchi va talabalar ishtirok etdi. |
|
davomi...
|
|
|
Yurt ravnaqi – yoshlar qo‘lida |
|
|
23.02.2010 |
O‘zA, A.Muhammadiyev
Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida ijtimoiy sohada olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar zamirida yosh avlodning har tomonlama barkamol voyaga yetishiga, o‘g‘il-qizlarning hayotda, jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashishdek olijanob maqsad mujassam. Qashqadaryo viloyati o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Zafar Qobilov O‘zA muxbiri bilan suhbatda viloyatda bu borada amalga oshirilyotgan ishlar haqida so‘zlab berdi.
– Yurtboshimiz tashabbusi bilan qabul qilingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturining ijrosi izchillik bilan ta’minlangani salohiyatli yoshlar safining kengayishida muhim omil bo‘lmoqda. Yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish maqsadida joylarda turli sohalarga ixtisoslashgan zamonaviy kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar barpo etildi. Ushbu muassasalarning moddiy-texnik bazasini zamon talablari darajasida mustahkamlash, malakali pedagog kadrlarni jalb qilish ishlari izchil davom ettirilmoqda. |
|
davomi...
|
|
|
Barkamol avlod tarbiyasida axborot texnologiyalarining o‘rni |
|
|
27.01.2010 |
O‘zA, Bahor Xidirova
Prezidentimiz Islom Karimovning Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 17 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida qayd etilganidek, taraqqiyot yo‘lidan dadil odimlayotgan mamlakatimiz salohiyatini yanada rivojlantirishda izlanuvchan, tashabbuskor, iqtidorli va yetuk mutaxassislarning o‘rni beqiyos. Bugungi zamonda yuksak intellektual salohiyat egasi bo‘lgan, yuksak texnologiyalar sir-asrorini chuqur egallagan va uning yutuqlarini sohalar rivojiga yo‘naltirishga, farovon kelajakni barpo etishda o‘zining munosib ulushini qo‘shishga qodir malakali mutaxassislar jamiyatning muhim tayanchi hisoblanadi. |
|
davomi...
|
|
|
Barkamol avlodga qanot berayotgan ilm maskani |
|
|
27.01.2010 |
O‘zA, Husniddin Berdiyev
Mamlakatimizdagi eng yirik oliy o‘quv yurti Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti maqomini olganiga o‘n yil to‘ldi.
Ilmu ma’rifat, ta’lim-tarbiya jamiyat taraqqiyotini belgilaydigan eng qudratli omillardan. Istiqlolning dastlabki yillaridan Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimiz mustaqil taraqqiyot yo‘lini davom ettirishga qodir, zamon talabiga javob bera oladigan mutaxassis kadrlar tayyorlash masalasiga ustuvor ahamiyat berilayotgani bugun o‘zining yuksak samaralarini bermoqda. |
|
davomi...
|
|
|
“Barkamol avlod yili” Davlat dasturi to‘g‘risida” |
|
|
27.01.2010 |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori.
Mamlakatimizda sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning o‘z ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishi, mamlakatimiz yigit-qizlarini XXI asr talablariga to‘liq javob beradigan har tomonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga yetkazish uchun zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli aniq yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida 2010 yilning “Barkamol avlod yili” deb e’lon qilingani munosabati bilan: |
|
davomi...
|
|
|
Kitob – ma'naviyat ko'zgusi |
|
|
22.01.2010 |
|
O'zA, Sayyora Shoyeva Mamlakatni modernizatsiyalash va islohotlar jarayonida xalqimizning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ma’naviy dunyosini boyitish muhim o’rin tutadi. Boshqa sohalarda bo’lgani kabi noshirlik faoliyatini takomillashtirish, uni zamonaviy texnologiyalar asosida izchil rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ham ana shu ezgu maqsadga xizmat qilmoqda. |
|
davomi...
|
|
|
Yoshlar tarbiyasi uchun barcha mas'ul |
|
|
22.01.2010 |
|
O'zA, Nazokat Usmonova Poytaxtimizdagi Abdulla Avloniy nomidagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markaziy institutida “Diniy bag’rikenglik: ogohlikka da’vat” mavzuida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi. O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan bir qator tashkilotlar hamkorligida o’tkazilgan tadbirda ta’lim tizimi mutasaddilari, Qoraqalpog’iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutlarining professor-o’qituvchilari, o’quv muassasalari rahbarlari ishtirok etdi. |
|
davomi...
|
|
|
Armiyaga eng yetuk yigitlar boradi |
|
|
22.01.2010 |
|
O‘zA, Xolmurod Salimov Prezidentimiz Islom Karimovning 2010 yil 19 yanvarda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga fuqarolarni navbatdagi chaqiruv hamda muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatlarini o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilarni xizmatdan bo‘shatish to‘g‘risida“gi qaroriga muvofiq chaqirilish muddatini kechiktirish huquqiga ega bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasining chaqiruv yoshidagi fuqarolari fevral-mart oylarida muddatli harbiy xizmatga chaqiriladi. |
|
davomi...
|
|
|
Saylov ochiq va oshkora o'tishiga ishonamiz |
|
|
16.12.2009 |
O'zA, Madina Umarova, 16.12.2009 19:05
Joriy yil 27 dekabr kuni bo’lib o’tadigan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylovni xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan uch yuzga yaqin kuzatuvchi kuzatib borishi kutilmoqda. O’zA muxbiri mamlakatimizga kelgan ba’zi kuzatuvchilarning dastlabki taassurotlari bilan qiziqdi. |
|
davomi...
|
|
|